45
Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy javobgar-
lik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy bel-
gilaridan biri hisoblanadi.
Qonunda yosh chegarasi aniq tartibga solinganligi
jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug‘ilgan
yilini) to‘g‘ri belgilash zaruratini tug‘diradi. Bu zarurat
Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd
etilgan.
Jinoyat kodeksida mustahkamlangan fuqarolarning
qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prin-
sipning takrori bo‘lmay, balki uning joriy etilishidir.
Jinoyat kodeksiga binoan ikki yoki undan ortiq
shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib
qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyatda ish-
tirokchilik avvaldan
til biriktirish, qasddan sodir etish
kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Jinoyat qonunida to‘rt turdagi jinoyat ishtirokchila-
ri farqlanadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va
yordamchi. Mazkur turlarni ajratish asosiga obyektiv me-
zon qo‘yilgan bo‘lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir
etishda ishtirok etish darajasi va xususiyati bilan bog‘liq.
Jinoyatni bajaruvchilar deb: a) bevosita o‘zlari to‘liq
yoki qisman
jinoyat sodir etgan shaxslar; b) bevosita
o‘zlari jinoyat sodir etmagan, biroq shu maqsadda ji-
noyat qonunlariga muvofq, jinoiy javobgarlikka tortili-
shi mumkin bo‘lmagan shaxslardan foydalangan shaxs-
lar tan olinadi.
Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlik-
ka tortish mumkin bo‘lmagan yoki
ehtiyotsizlik yoxud
aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir
etishga jalb etgan shaxs sodir etilgan jinoyatning ishti-
rokchisi deb tan olinadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga yoki jinoyat sodir
etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.