• Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan
  • Savol va topshiriqlar
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Huquq tarixidan
    Shu yilning o‘zida mahalla fuqarolari yig‘inlari kaflligi asosida – 152 
    nafar, Yoshlar ittifoqi kaflligi asosida – 18 nafar, xotin-qizlar qo‘mitalari ka-
    flligi asosida – 3 nafar, jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda 
    jamoatchilik kaflligi e’tiborga olindi. Bu fuqarolarning 38 nafarini yoshlar, 
    18 nafarini voyaga yetmaganlar, 11 nafarini ayollar tashkil etadi. Masalan, 
    birgina Shayxontohur tumanida 15 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlashda 
    mahalla fuqarolar yig‘inlarining kaflligi e’tiborga olindi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
    Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan
    tantanali marosimdagi nutqidan


    48
    Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida 
    o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga 
    nisbatan og‘ir jinoyat uchun — yetti yilgacha, o‘ta og‘ir 
    jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.
    Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavf katta bo‘lmagan 
    jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir 
    etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir 
    etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish ta-
    riqasidagi jazo tayinlanmaydi.
    Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lma-
    gan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazo-
    sini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.
    Savol va topshiriqlar
    Berilgan vaziyatlarni o‘qing va jinoyat ishti-
    rokchilarini aniqlang.
    1. N.B. IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs 
    uning mobil telefonini qo‘lidan tortib olib 
    qochganini ma’lum qildi. Ko‘rilgan chora-
    lar natijasida ushbu jinoyatni N. ismli shaxs 
    sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
    2. Noma’lum shaxs tadbirkor U.X.ga qo‘ng‘iroq 
    qilib, undan katta miqdorda pul va 6 ta qopda 
    un mahsulotini qarzga olgan. U tez orada bu 
    unni bir korxonaga sotishi va qarzni qaytarib 
    berishini bildirgan. Ammo na pulni, na unni 
    qaytargan. U.X. bu haqda ichki ishlar or-
    ganlarini xabardor qilgach, ko‘rilgan chora-
    lar natijasida ushbu jinoyatni Q. ismli shaxs 
    sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik
    va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar 
    boshqarmasi ma’lumotlari asosida
    Jarima aybdor-
    dan davlat daro-
    madiga qonunda 
    belgilangan 
    miqdorda pul 
    undirishdir.
    Majburiy ja-
    moat ishlari 
    mahkumni haq 
    to‘lanmaydigan 
    foydali jamoat 
    ishlarini baja-
    rishga majburiy 
    tarzda jalb qilish.



    Download 2,12 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish