42
Jinoyatning subyektiv tomoni faqat ayb shaklla-
ri, ya’ni qasd va ehtiyotsizlik bilan
cheklanib qolmay-
di, u motiv va maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Lekin
subyektiv tomonning ajralmas belgilari bo‘lmish qasd
va ehtiyotsizlikdan farqli o‘laroq, motiv va maqsad ik-
kinchi darajali belgilarga kiradi.
Jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy
xavflilik xususiyatini anglagan va shunga qaramay, uni
sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan
sodir etilgan deb topiladi.
Jinoyat qonunchiligida to‘g‘ri
yoki egri qasd degan
tushunchalar mavjud. Shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy
xavfli xususiyatini anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi yet-
gan va ularning yuz berishidan bosh tortmagan bo‘lsa,
bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deyiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xusu-
siyatini anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi
yetgan va
ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb
topiladi. O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida
sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish — ehtiyotsizlik tu-
fayli sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Barcha ji-
noyatlarning
umumiy obyekti
jinoyat
qonuni
bilan qo‘riqla-
nadigan ijtimoiy
munosabatlar-
ning umumiy
yig‘indisidan
iborat bo‘la-
di.
Umumiy
obyekt hamma
jinoyatlar uchun
birdir,
sababi har
qanday jinoyat u
yoki bu ijtimoiy
munosabatlarga
zarar yetkazadi.