O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda


36
Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyat-
larning oldini olish kiradi. Ushbu vazifalar jinoyat 
huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toi-
fadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini baja-
rish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: javobgarlik 
asoslari va prinsiplarini aniqlash; jinoyat toifasiga kiri-
tilgan qilmish lar doirasini aniqlash; jinoiy jazo chora-
larini tayinlash; jazodan tashqari huquqiy ta’sir chora-
larini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga 
oshirish 
da Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning 
qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, 
odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqar-
rarligi prinsiplariga asoslanadi.
Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro 
teng qimmatlidir. Ularning har biri mustaqil mohiyatga 
ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalar-
ni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy 
prinsiplariga:
 
Î
qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiy-
ligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqi-
batlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. 
Hech kim sud hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir 
qilish da aybli deb topilishi va qonunga xilof ra-
vishda jazoga tortilishi mumkin emas;
 
Î
fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat 
sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijti-
moiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majbu-
riyatlarga ega;
Aybsizlik pre-
zumpsiyasi-
ning ikki jihati 
mavjud, birinchi-
dan, muayyan 
jinoyat tarki-
bini aniqlash 
va shaxsni uni 
sodir etganlikda 
aybdor deb topish 
qonunga muvofq 
ravishda amalga 
oshirilishi shart 
va, ikkinchi-
dan, faqat sud 
hukmiga ko‘ra, 
shaxs aybdor 
deb topilib, 
Jinoyat kodeksi-
da ko‘rsatilgan 
jinoiy javobgar-
likka, jazoga yoki 
boshqa huquqiy 
ta’sir chorala-
riga tortilishi 
mumkin.


37
 
Î
demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqaro-
larning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki ja-
moalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tu-
zatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda 
jalb qilishlari mumkin;
 
Î
insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir 
choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qim-
matini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi; 
 
Î
odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan 
shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki 
bosh qa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, 
ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va 
shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofq 
bo‘lishi;
Î
shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbot-
langan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina ja-
vobgar bo‘lishligi; 
 
Î
javobgarlikning muqarrarligi — qilmishida ji-
noyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir 
shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi.
Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyi-
dagi jihatlari bilan farq qiladi: 

Download 2,12 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda

Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish