35
dan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtir-
gan prinsiplar aks ettirilgan.
Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘za-
ro
teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil
mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid
siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator
vazifalarni bajaradi.
Jinoyat huquqiga oid ko‘rsatmalarni qo‘llash vakolat-
lariga ega bo‘lgan davlat idoralarining mansabdor shaxsla-
riga normativ prinsiplarning ta’siri
ularning faoliyatida Ji-
noyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to‘g‘ri
qo‘llashni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya-
si va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va
manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xiz-
mat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va ta-
labchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi.
Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida
shaxs,
uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat
manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik-
osoyish
talik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajo-
vuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan.
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, ja-
miyat va
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning ol-
dini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish
ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlikning asos-
lari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar
jinoyat ekanligini
aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llani-
lishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.