30
subyektiv huquqlarga egaligini aniqlashi lozim. Gu-
vohlantirilgan nikoh shartnomasi notarial idoraning
ish hujjatlarida saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi va agar taraflarga berilgan nusxalar yo‘qotilsa,
ular o‘zlarining huquqlarini tasdiqlash uchun notarial
arxivga murojaat qilishlari va nikoh shartnomasining
dublikatini olishlari mumkin.
Er va xotinning mol-mulki huquqiy tartibini belgi-
laydigan nikoh shartnomasining shartlari uning maz-
munini tashkil qiladi. Nikoh
shartnomasi shartlarida
tomonlarning nikohda va u bekor bo‘lganida er va xo-
tin mulkiy munosabatlarining muhim jihatlari bo‘yicha
nizomlar qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra, nikoh shartnoma-
si er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham,
bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasiga er va xotin
quyidagi qoidalarni ki-
ritishga haqlidirlar:
Î
o‘zaro moddiy ta’minot berish;
Î
oila хarajatlarini taqsimlash;
Î
bir-birining daromadida ishtirok etish;
Î
boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tu-
zish;
Î
birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulla-
nish bo‘yicha o‘z huquq
va majburiyatlarini bel-
gilab olish;
Î
nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga
beriladigan mol-mulkni aniqlab olish;
Î
er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid
bosh qa qoidalar.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bi-
lan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki
bekor qilinishi
mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan
bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham
Ijodiy faoliyat
Aziz va Shohis-
ta
turmush
davrida nikoh
shartnomasini
rasmiylashtir-
moqchi bo‘ldilar.
Ular nikoh
shartnomasi tu-
zayotgani to‘g‘ri-
sida o‘z kreditori-
ni (kreditorlarini)
xabardor qilishla-
ri shartmi?
31
shunday shaklda amalga oshiriladi. Nikoh shartno-
masini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining
talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodek-
sida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv
qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.