25
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va
xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan
davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham,
shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy
mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umu-
miy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda
amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning
umumiy mol-mulki er va xo-
tin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi
mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi nota-
rial tartibda tasdiqlanadi.
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy
mol-mulkini bo‘lish, shuningdek, er va xotinning bu
mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud
tartibida amalga
oshiriladi.
Oilaviy munosabatlar tugatilganda sud er va xotin
alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan
har birining shaxsiy mulki deb topishi mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun
olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va
sport jihozlari,
musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi
va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan
qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rta-
dagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonat-
lar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umu-
miy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.
Er va xotinning
umumiy mol-mulki ular nikoh-
da turgan davrda bo‘lingan taqdirda, er va xotin mol-
mulki ning bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek, er va
xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan
mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy
mulkini tashkil qiladi.
Birlashgan Mil-
latlar Tashkiloti
Bosh Assamble-
yasining
1993-yil
20-sentabrda
bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishida
1994-yildan
boshlab, har yili
15-may kunini
Xalqaro Oila kuni
sifatida
nishon-
lashga qaror
qilindi. Bu qarorni
qabul qilishdan
maq sad barcha
taraqqiyparvar va
tinchlikparvar in-
soniyat diqqatini
inson o‘z
umrini
o‘tkazadigan, o‘z
orzu umidlari,
baxt-u saodatini
hamda tinchligini
ta’minlaydigan
maskan — oila-
ning mustah-
kam bo‘lishiga
qaratish dir.