N. ISMATOVA, O. KARIMOVA
DAVLAT VA HUQUQ
ASOSLARI
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
uchun darslik
1-nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan
Тoshkent
«Yangiyul Poligraph Service»
2018
Mas’ul muharrirlar:
M. Baratov
—
yuridik fanlari doktori, professor;
B. Malikova
— yuridik fanlari doktori,
professor
Taqrizchilar:
B. Axrorov
— yuridik fanlari doktori, professor;
H. To‘ychiyeva — yuridik fanlar nomzodi, dotsent;
H. Tojiboyev
— Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-o‘rta
umumta’lim maktabining «Davlat va huquq asoslari»
fani o‘qituvchisi.
UO‘K: 340.12(575.1)(075.3)
KBK: 67.0(5O‘)
D 14
Ismatova, Nargiza.
Davlat va huquq asoslari: O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf va o‘rta max-
sus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / N. Ismatova, O. Karimova.
– Birinchi nashr. – Toshkent.: Yangiyul Poligraph Service, 2018. – 144 b.
UO‘K: 340.12(575.1)(075.3)
ISBN 978-9943-5245-7-6
KBK: 67.0(5O‘)ya72
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© N. Ismatova, O. Karimova, 2018.
© Yangiyul Poligraph Service, 2018.
ISBN 978-9943-5245-7-6
3
Kirish
Huquqiy ong va madaniyatni yanada yuksaltirish borasida ta’lim tizimi-
da muhim vazifalar amalga oshirilmoqda. Ulardan
biri mazkur sohaga oid
darsliklarning yangi avlodini yaratishda ta’lim texnologiyalarining samara-
li usullaridan foydalanishdan iborat. Darslikda berilgan savol va topshiriqlar,
qo‘shimcha ma’lumotlar, huquqiy masala (kazus)lar, atamalarning izohi, tarix-
dan lavhalar aynan huquqiy ta’lim sohasidagi bilimlaringizni yanada boyitishga,
huquqiy ong va tafakkuringizni kengaytirishga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
Bu
soha shunday sohaki, jamiyat rivojlangani sari, qonunlar ham takomillashib
boradi. Shuning uchun ham Siz faqat darslikda berilgan ma’lumotlar bilan
cheklanmay, www.lex.uz sayti orqali qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlarni kuzatib
borsangiz, dunyoqarashingiz yanada kengayadi, bu sohada yanada ko‘proq bi-
limlarga ega bo‘lasiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlangan
bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu masalaga alohida e’ti-
bor qaratib, qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish,
fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini
ta’kidladi.
Aziz o‘quvchi!
Qo‘lingizdagi darslik quyi sinflarda olgan bilimlaringizni davom ettiradi va
to‘ldiradi, huquqiy tafakkuringizni kengaytiradi. Madaniyatga ega bo‘lish esa
o‘zingizning qo‘lingizda.
Qonunlarni bilmagan inson bugungi kunda o‘z
huquqlarini himoya qilol-
maydi va majburiyatlarini anglamaydi. U hayotda biror qiyin ahvolga tushib
qolganda, vaziyatdan qanday chiqib ketishni, muammoni qanday hal etish-
ni bilmay, himoyasiz bo‘lib qolishi mumkin. «Erkin bo‘lish uchun qonunlarga
bo‘ysunish zarur», degan ekan Sitseron. Chunki, qonun
ustuvorligi mamlakatda
tinchlik-barqarorlik, erkinlik va demokratik tamoyillar hukm surishining kafola-
tidir.
Bu sohadagi bilimlaringizni mustahkamlashda va yuksak axloqiy qadriyat-
lar bilan birga huquqiy madaniyatga ega bo‘lishda sizlarga muvaffaqiyatlar ti-
laymiz.
Mualliflar.