7
Konstitutsiyaviy davlatda hokimiyatning tashkil eti-
lishi va faoliyat yuritishi konstitutsiyada mustahkamlab
qo‘yiladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan hoki-
miyat organlarini tashkil etish mumkin emas. Konstitut-
siyaviy davlat,
eng avvalo, davlatning huquq bilan uzviy
bog‘liq ligidir.
Kon
stitutsiya inson va fuqaroning shu hokimiyat
tomonidan kafolatlangan huquqlarini mustah
kamlaydi
va ana shu huquqlarga mutanosib
tarzda davlat hoki-
miyatini cheklaydi. Boshqacha aytganda, Konstitut-
siya — davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat
yuritishining huquqiy rasmiylashtirilishi bo‘lib, bu hoki-
miyatning fuqarolik jamiyati boshqa subyektlari bi
lan
munosabatini tartibga soladi.
Savol va topshiriqlar
1. «Shaxs — jamiyat — davlat» munosabatlari-
ga misol keltiring.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
davlat mustaqilligi, davlat boshqaruvi, davlat
tuzilish shakli va siyosiy tartibot qanday ifo-
dalangan? Fikringizni asoslang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
7-moddasini o‘qing.
Xalq hokimiyatchiligi
deganda nimani tushunasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
mustahkamlangan huquqlaringizni bilasizmi?
5. Ularni to‘laqonli amalga oshirishda sizning
qanday ishtirokingiz mavjud?
6. Inson huquqlari va burchlari o‘rtasida qanday
munosabat mavjud bo‘lishi mumkin?
Aksariyat
mamlakatlarda,
shu jumladan,
O‘zbekistonda
qonunning us-
tunligi demokra-
tik konstitutsi-
yaviy
davlatning
aso siy prinsipi
hisoblanadi. Bu
yerda mazkur
prinsip, avvalo,
konstitutsiya-
ning ustunligini
nazarda tutadi.
Basharti,
qonun-
ni qo‘llovchi
ijroiya hokimiyat
organi (mansab-
dor shaxs) yoki
sud ushbu qonun
konstitutsiyaga
zidligini aniqla-
sa,
masalani bu
qonun asosida
emas, balki kon-
stitutsiya asosida
hal etishi lozim.