• Birinchi prinsip
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasi, 
    15-modda
    Ijodiy faoliyat


    6
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson 
    huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asosi
    Konstitutsiyaviy davlat deganda davlat hokimiyati 
    idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsip-
    lar asosida shakllantiriladigan va konstitutsiya 
    viy nor-
    malarga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatini amalga 
    oshiradigan davlat apparati tushuniladi. Konstitutsiyaviy 
    davlat — mamlakatning butun hududida va davlat fao-
    liyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u 
    asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta’min-
    laydigan va kafolatlaydigan davlatdir. Xalq suvereniteti 
    oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat 
    suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya’ni mamlakatning 
    ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga 
    oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-iro-
    dasining mahsuli bo‘lib, bunday hokimiyatni amalga 
    oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi.
    Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prin-
    sipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prin 
    sip: 
    «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsaga ruxsat eti-
    ladi» (fuqarolar uchun) hamda «faqat qonunda mustah-
    kamlangan narsagagina ruxsat etiladi» (davlat organlari 
    va mansabdor shaxslar uchun) amal qiladi.
    Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish er-
    kinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Qonunda man 
    etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni 
    sodir etish mumkin bo‘ladi va buning uchun yuridik ja-
    vobgarlik kelib chiqmaydi.
    Ikkinchi prinsipning ma’nosi shundaki, bunda dav-
    lat idoralari va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunda 
    belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ra-
    vishda harakatlanishlari lozim bo‘ladi.
    O‘zbekiston –
    suveren 
    demokratik 
    respublika. 
    Davlatning 
    «O‘zbekiston 
    Respublikasi» va 
    «O‘zbekiston» 
    degan nomlari 
    bir ma’noni 
    anglatadi.

    Download 2,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish