• O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Konstitutsiyasi, 
    63-moddadan


    9
    Oila munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi 
    qonunlarida aks ettirilishi oilani yuksak axloqiy-ma’na-
    viy normalar asosida mustahkamlashning yorqin namu-
    nasidir.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
    O‘zbekiston fuqarolari bolalarni voyaga yetgunlariga 
    qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, farzandlar 
    ota-onalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari va ularga 
    yordam berishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
    Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqa-
    rolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, ona-
    lik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
    Oilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning 
    huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustah-
    kamlashda Oila kodeksining roli kattadir. O‘zbekiston 
    Respublikasining Oila kodeksi jahon hamjamiyatida 
    umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to‘la mos 
    ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch 
    tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan.
    Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari 
    oila ni mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘za-
    ro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga 
    yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolari-
    ning mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxs-
    ning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashi-
    shiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini 
    to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning 
    himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Oilaviy mu-
    nosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy 
    ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy 
    hamda mulkiy teng huquqliligiga asoslanadi.
    1. Matnni diqqat 
    bilan o‘qing va mu-
    nosabat bildiring.
    2. «Oilaviy muno-
    sabatlarni zaif-
    lashtirib yuborsa» 
    deganda nimani 
    tushundingiz?
    3. Oilaning mus-
    tahkamligida mil-
    liy qadriyatlarning 
    o‘rni nimada?
    4. Oiladagi 
    muam molarning 
    jamiyat rivojiga 
    ta’siri qanday 
    bo‘lishi mumkin?
    «Agar bir mamla-
    kat aholisi axloq-
    sizlik va johillik 
    bilan oilaviy 
    munosabatlar-
    ni zaiflashtirib 
    yuborsa va inti-
    zomsizlikka yo‘l 
    qo‘ysa, shunda bu 
    millatning saodati 
    va hayoti shubha 
    ostida qo ladi». 

    Download 2,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish