8
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini
2-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
I bo‘lim. OILA HUQUQI
Î
Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi.
Î
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.
Î
Oila to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlar.
Î
Oila huquqining subyektlari. Oilaviy munosabat-
larda fuqarolarning teng huquqliligi.
Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi
Oila sohasidagi huquqiy munosabatlarning
asosiy
manbayi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
hisoblanadi. Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi
ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan.
Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat
mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. Shuning
uchun ham oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’ti-
rof etilib, bolaning shaxs
sifatida shakllanishi, kelgusida
jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda ma’naviy barkamol
inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, eng qadrli an’ana-
lar:
halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo,
mehr-u
oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng
avvalo oilada shakllangan. Odobli,
bilimdon va aqlli,
mehnatsevar, imon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning,
balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
15-may –
Xalqaro
oila kuni
Mamlakatimizda
1998-yil —
«Oila yili»,
2012-yil esa
«Mustahkam
oila yili» deb
e’lon qilindi.
Oila jamiyat-
ning asosiy
bo‘g‘inidir
hamda jamiyat
va
davlat muho-
fazasida bo‘lish
huquqiga ega...
O‘zbekiston
Respublikasining