• Oila huquqining subyektlari
  • Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
  • Ijodiy faoliyat
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasi, 
    18-modda


    12
    Î
    ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari;
    Î
    vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.
    Ota-onalik huquqidan mahrum etish instituti oilaviy 
    huquqiy munosabatlarda alohida o‘rin tutadi. 
    Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar 
    o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan 
    tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
    Oila huquqining subyektlari
    Har qanday boshqa munosabatlarda bo‘lganidek, 
    oila 
    viy huquqiy munosabatlarda ham uch element: 
    subyekt, subyektiv huquq va maj 
    buriyatlarni ko‘ri-
    shimiz mumkin.
    Oilaviy munosabatlarning subyekti bo‘lib, er-xo-
    tin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qa-
    rindosh-urug‘lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki 
    bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik 
    shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ij-
    timoiy birlashmalar hisoblanadi.
    Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli 
    qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qad-
    riyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladi-
    gan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlar-
    ning obyektlari bo‘lishi mumkin.
    Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning
    teng huquqliligi
    Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va 
    ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er 
    va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi
    ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan 
    hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon 
    hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, 
    Ijodiy faoliyat
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Konstitutsiya-
    sining 18-mod-
    dasida mustah-
    kamlangan 
    qoidani «Oilaviy 
    munosabatlarda 
    fuqarolarning 
    teng huquqlili-
    gi» matni bilan 
    qanday bog‘liqlik 
    tomoni borligini 
    aniqlang.


    13
    voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolari-
    ning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi 
    tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 
    Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng 
    huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, 
    millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shax-
    siy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qa-
    rab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita 
    cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgi-
    lashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l 
    qo‘yilmaydi. 
    Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqla-
    ri faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zo-
    larning hamda o‘zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, 
    qadr-qimmati, sog‘lig‘i, huquqlari va qonun bilan 
    qo‘riq lanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
    zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish