• Er va xotinning umumiy mulki
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    23
    Er-xotinning mulkiy
    huquq va majburiyatlari
    5-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    Er va xotinning umumiy mulki. 
    Î
    Er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi 
    va uni tasarruf etishi. 
    Î
    Er va xotinlardan har birining mulki.
    Î
    Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar.
    Î
    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish.
    Î
    Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda ulushlarni aniqlash.
    Er va xotinning umumiy mulki
    Er va xotinning nikoh davomida orttirgan 
    mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, 
    bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olin-
    gan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida 
    boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalik-
    dagi umumiy mulki hisoblanadi.
    Er va xotinning nikoh davomida orttirgan 
    mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy 
    mol-mulkiga) ulardan har birining mehnat faoliyatidan
    tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natija-
    laridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan 
    pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga 
    mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam 
    summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha 
    zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qot-
    ganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tar-
    zida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi. 


    24
    Er va xotinning umumiy daromadlari hisobi-
    ga olingan ko‘chimli va ko‘chmas ashyolar, qimmatli 
    qog‘ozlar, omonatlar, kredit muassasalariga yoki boshqa 
    tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari 
    hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa 
    har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining 
    nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kim-
    ning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan 
    kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotin-
    ning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
    Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bo-
    lalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa 
    uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daro-
    madga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy 
    mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.
    Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki 
    bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va 
    uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish