21
mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiya-
lanishi huquqiy vasiylik va homiylik organi tomonidan
ta’minlanadi. Ota-onasi nikohining bekor qilinishi yoki
haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir
qilmaydi.
Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy
vakili hisoblanadi, chunki ular o‘z huquqi va majbu-
riyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar.
Ota-ona na-
faqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan
ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog‘lom qilib
tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida
ham bir xil majburiyatga egadirlar.
Afsuski, ba’zida ota-onalar o‘z majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortadilar.
Bolalarga shafqatsiz mu-
nosabatda bo‘ladilar, ularni tahqirlaydilar, ichkilik yoki
giyohvandlik moddalari iste’moliga surunkali beri-
ladilar yoki boshqa amallari bilan ota-onalik huquqi-
ni suiiste’mol qiladilar. Bunday hollar aniqlangudek
bo‘lsa, ular sud qaroriga asosan ota-onalik huquqidan
mahrum etiladilar. Ota-ona huquqidan mahrum qilishga
doir ishlar prokuror hamda
vasiylik va homiylik organi
ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risi-
dagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolani moddiy juhatdan
ta’minlash uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilin-
gan ota-onadan (yoki ularning biridan) aliment undirish
haqida qaror qabul qiladi.
Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan hol-
da ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani
ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qi-
luv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi)
mumkin.
Nikoh yoshi turli
davlatlarda turli-
cha belgilan gan.
Masalan, Bolga-
riyada
har ikki jins
vakillariga ham
– 18 yosh, Angli-
yada – 16 yosh,
AQShda – 16 yosh-
dan 21 yoshgacha,
Fransiya va Ven-
griyada erkaklar
uchun – 18 yosh,
ayollar uchun –
16 yoshdir.
Rossiya Federatsi-
yasida belgilangan
nikoh
yoshini
(18) ikki yosh-
ga kamaytirish
vakolati qonun-
da ko‘rsatilgan
tegishli idoralarga
berilgan.