|
Nikohning tugatilish asoslariBog'liq Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)Nikohning tugatilish asoslari.
Nikohdan ajratish tartibi
Qonun hujjatlarida nikohni tugatish, bekor qilish
va nikohdan ajratish to‘g‘risida normalar mavjud. Bun-
da nikohni tugatish umumiy va keng ma’no kasb etadi.
Nikohning tugatilishi deganda ma’lum yuridik faktlar
tufayli er-xotin o‘rtasida vujudga kelgan nikoh huquqiy
munosabatlarining tugallanishi tushuniladi. Nikoh tu-
gatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal
qilishi ham tugaydi. Agar nikoh shartnomasida nikoh
tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan
majburiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular yuridik kuchi-
ni yo‘qotmaydi. Vafot etish yuridik fakt bo‘lib, er-xo-
tin o‘rtasidagi nikoh munosabatini bekor qiladi. Er-xo-
tindan biri vafot etgan yoki sud tartibida vafot etgan
deb e’lon qilingan hollarda ular o‘rtasidagi nikohning
huquqiy munosabati tugallanadi.
Oila kodeksida nikohdan ajralish uchun aniq asoslar
ko‘rsatilmagan va buning iloji ham yo‘q, chunki er yoki
xotin keltirgan asos ayrim hollarda nikohdan ajratish
uchun yetarli deb topilsa, boshqa hollarda ajratish uchun
asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun Oila kodeksida ni-
kohdan ajralishning sud amaliyoti quyidagicha belgilan-
gan: «Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda
yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb
topsa, ularni nikohdan ajratadi».
Oila kodeksining
43-moddasiga
muvofq, agar
er-xotindan biri:
– sud tomonidan
bedarak yo‘qol-
gan deb topilsa;
– sud tomonidan
ruhiyati buzilishi
(ruhiy kasalligi
yoki aqli zaifligi)
sababli muomala-
ga layoqatsiz deb
aniqlansa;
– sodir qilgan
jinoyati uchun
uch yildan kam
bo‘lmagan mud-
datga ozodlikdan
mahrum qilingan
bo‘lsa, o‘rtada
voyaga yetmagan
bolalari bor-
yo‘qligidan qat’i
nazar, er-xotindan
biri ning arizasiga
ko‘ra ular fuqaro-
lik holati dalolat-
nomalarini yozish
organlarida ni-
kohdan ajratiladi.
|
| |