26
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan
uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda
hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlash-
da, agar er va xotin o‘rtasidagi
nikoh shartnomasida
bosh qacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotin-
ning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Er va xotinning
umumiy mol-mulki qanday
bo‘linadi?
2. Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy
mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga
da’vo muddati necha yilni tashkil qiladi?
3. Er va xotinning umumiy mol-mulki ular ni-
kohda bo‘lgan davrda bo‘linishi mumkinmi?
Fikringizni asoslang.
4. Er va xotinning
umumiy mol-mulki hisobi-
dan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomi-
ga qo‘yilgan omonatlar er-xotinning umumiy
mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinadimi?
Ijodiy faoliyat
M. turmush o‘rtog‘i T. bilan nikohdan ajratish va ularning birgalik-
dagi mol-mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasi bilan sudga mu-
rojaat qiladi. М. o‘z arizasida keltirilgan mol-mulklar ro‘yxati
qatori-
da ularga nikoh to‘ylariga T.ning ota-onasi tomonidan sovg‘a qilingan
yumshoq mebellar to‘plami va gilam borligini ko‘rsatadi.
Hadya shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa-da, T. ota-onasi tomonidan
to‘ylariga sovg‘a qilingan buyumlarni o‘ziniki, deb qarshilik bildirdi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, kimning talabi qonuniy?
Fermer xo‘jaligi
yoki deh-
qon xo‘jaligi
a’zolari ning
birgalikdagi
mulki bo‘lgan
mol-mulkka
nisbatan er
va
xotinning
egalik qilish,
foydalanish va
tasarruf etish
huquqlari «Fer-
mer xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi va
«Dehqon
xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi
qonunlar bilan
tartibga solinadi.
27
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan
asoslar bo‘yicha nikoh shartnomalarining qonunga muvofqligiga e’tiroz
bildi rish, nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’ti-
rof qi lish mumkin. Shartnoma shartlari O‘zbekiston
Respublikasi Oila
kodeksining 31-moddasi talablariga zid bo‘lgan taqdirda, sud er-xo-
tindan birining talabi bo‘yicha nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman
haqiqiy emas, deb e’tirof qilishi mumkin. Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yi-
ladigan barcha mul kiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga
haqlidir. Er-xotindan birining huquqlarini cheklab qo‘yishga
qaratilgan
shartnomalar haqiqiy emas.