10
Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlar
Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar
o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy
huquqiy normalar bilan
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Oila huquqi oila a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy nomul-
kiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy
nomulkiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi,
bolalar
tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg‘ulot
turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan umu-
miy mulklari,
shuningdek,
nikoh qayd etilgunga qadar
bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olin-
gan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida
boshqacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ularning bir-
galikdagi umumiy mulki hisoblanadi va mulkiy muno-
sabatlar bilan tartibga solinadi.
Oilaviy-huquqiy munosabatlar o‘zining ba’zi bir
belgilari bilan fuqarolik-huquqiy
munosabatlarga
o‘xshab ketadi. Biroq bu o‘xshashlik faqat tashqi ko‘ri-
nishdir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosini
mulkiy munosabatlar, oilaviy huquqiy munosabatlar
asosini esa mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar
tashkil etadi. Oila huquqi birinchi navbatda shaxsiy mu-
nosabatlarni tartibga soladi.
Tarixiy qadriya-
timiz bo‘lgan
«Avesto»da ayol
kishi
shaxsiy
mulkka ega bo‘li-
shining huquqiy
asoslari mavjud.
Ayol kishi o‘z
mulkidan xayriya
maqsadlarida
mustaqil foydala-
nishi; shuningdek,
mustaqil ravishda
da’vogar bo‘lishi
va guvoh sifati-
da ko‘rsatuvlar
berishi mumkin
bo‘lgan.
Nikoh
zardushtiylik
huquqiga ko‘ra
unga kiruvchilar-
ning ikki tomon-
lama xohishi na-
tijasi bo‘lib,
faqat
shundan keyingi-
na ota-onalar va
vasiylar tomoni-
dan tasdiqlangan.