46
Jinoyat sodir etishda rahbarlik qilish bajaruvchilar va
hamkor bajaruvchilar kuchini
bevosita jinoiy qilmish
ni
bajarishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni bildiradi.
Dalolatchilik boshqa shaxsni jinoyat sodir etish yoki
jinoiy faoliyatda ishtirok etishga undashda o‘z aksini to-
padi. Undash dalolatchining boshqa shaxslarda jinoyat
sodir etishda ishtirok etish yoki jinoiy faoliyat bilan
shug‘ullanish ishtiyoqini shakllantirishga qaratilgan faol
va tashabbuskor xatti-harakatidan iborat.
Jinoyatni sodir etishda ko‘maklashgan shaxs
yordamchi hisoblanadi.
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan
shaxsga
nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan
va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq
va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan
iborat majburiy chorasidir.
Jazo mahkumni axloqan tuzatish,
uning jinoiy fao-
liyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mah-
kum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir
etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan
shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homi-
lador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayol-
larga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy
xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va O‘zbekiston Res-
publikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi. Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan
mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti
oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum
qilish jazosi olti oydan o‘n
yilgacha muddatga tayinla-
nadi.
O‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda
jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar maj-
Jinoyatning sub-
yekti deb jinoyat
qonunida ko‘rsa-
tilgan, ijtimoiy
xavfli harakatni
qasddan yoki
ehtiyotsizlik
oqibatida sodir
etgan, ma’lum
yoshga to‘lgan,
aqli raso, alohida
hollarda Jinoyat
kodeksi Maxsus
qismi tegishli
normalarida
ko‘rsatilgan
maxsus belgilar-
ga ega bo‘lgan
jismoniy shaxsga
aytiladi.
Tug‘ilgan kuni-
ning ertasi soat
00:00 dan bosh-
lab shaxs jinoiy
javobgarlik
yoshiga yetgan
hi soblanadi.
47
muyi tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum
qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar
sodir et-
gan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n
ikki yilgacha tayinlanadi.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan
vaqt da jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar
majmuyi tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi —
o‘n ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatla-
rining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha
muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish paytida o‘n uch yoshdan o‘n sak-
kiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha
hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qi-
lish jazosining muddati o‘n besh yildan oshmasligi ke-
rak.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir
etish payti-
da o‘n uch yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxs-
larga nisbatan og‘ir jinoyat uchun — olti yilgacha, o‘ta
og‘ir jinoyat uchun — o‘n yilgacha muddatga tayinlana-
di.
Jinoyat sodir
etishga qiziqti-
ruvchi shaxs
dalolatchi deb
topiladi.
Jazo
va boshqa
huquqiy ta’sir
choralari jis-
moniy azob
berish yoki inson
qadr-qimmatini
kamsitish maq-
sadini ko‘zla-
maydi.