N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

Ijodiy faoliyat
Mazkur vaziyatda jinoyat obyektini aniqlang.
Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Ko‘kterak» qishlog‘i fuqa-
rolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan no-
ma’lum shaxs bostirib kirdi. Shu vaqtda uyda yolg‘iz bo‘lgan xonadon 
egasining qizini pichoq bilan qo‘rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zar-
garlik buyumlarini olib ketdi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ush-
bu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug‘ilgan A.N. qo‘lga 
olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati


43
Savol va topshiriqlar
1. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan qaysi ji-
hatlari bilan ajralib turadi?
2. Jinoyat belgilarini tushuntirib bering.
3. Aybli qilmish deganda nimani tushunasiz?
4. To‘g‘ri va egri qasd deganda nimani tushun-
dingiz?
5. Quyida berilgan vaziyatlarda jinoyat alomat-
lari bormi? Ulardan qaysi biri ehtiyotsizlik 
oqibatida sodir etilgan?
1) Noma’lum shaxs eshigi ochiq holda qoldiril-
gan VAZ-21099 avtomashinasini haydab qochgan.
2) Bir qiz ishdan qaytayotgan paytda noma’lum 
shaxs qo‘lidagi sumkani yulib olib qochgan. Sumka ichi-
da esa oziq-ovqatlar va uyali telefon bo‘lgan.
3) Xususiy korxonaga qarashli ko‘piklangan po-
lietilen ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layot-
ganligi haqida habar kelib tushgan. Yong‘inni o‘chi-
rish vaqtida xususiy korxona ishchisining jasadi 
topilgan. Yong‘inni bartaraf etish ga 19 ta yong‘inni 
o‘chirish texnikasi jalb etilgan.
Qilmishda Jinoyat kodeksda nazarda tutilgan alo-
matlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijti-
moiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qil-
mishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb 
topiladi. Ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mu-
dofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruq yoki 
boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jis-
moniy yoki ruhiy majburlash yohud qo‘rqitish natijasi-
da qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar 
deb topiladi.
Subyektiv to-
monning maz-
munida jinoyat 
motivi va maq-
sadlari alohida 
o‘rin tutadi. 
Motiv va u bilan 
bog‘liq maqsad 
aybdor shaxs 
xatti-harakatini 
boshqaruvchi 
butun irodaviy 
jarayonga o‘z 
ta’sirini ko‘rsata-
di. Shaxs uchun 
u sodir etgan 
qilmish qanday 
ma’no va ahami-
yatga ega ekanli-
gi aynan motivga 
bog‘liq. 



Download 2,12 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish