38
ladigan jazolarni aniqlaydi. Birinchi normalar jinoyat
huquqining umumiy qismini, ikkinchi normalar esa
maxsus qismini tashkil etadi.
Jinoyat huquqida jinoiy qilmishni aniqlash ham mu-
him rol o‘ynaydi. Jinoiy qilmish — bu jinoyat qonunlari
bilan muhofaza qilinuvchi
ijtimoiy munosabatlarga tah-
did qiluvchi jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalari-
dan chetga chiquvchi harakatdir. Jinoiy qilmish o‘zining
obyektiv xossalariga ko‘ra jamiyat uchun xavfli harakat
yoki harakatsizlik, subyektiv xossalariga ko‘ra
esa ha-
misha muayyan maqsad va sabablarga ko‘ra sodir etil-
gan aybli amal hisoblanadi.
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday
ijtimoiy munosabat jinoyatning obyekti hisoblanishi
mumkin. Har qanday ong
bilan boshqarilgan qilmish
ichki va tashqi mohiyatdan iborat bo‘lib, uning ichki
mohiyati subyektiv tomoni, tashqi mohiyati esa obyek-
tiv tomoni deb ataladi. Jinoyatning obyektiv tomoni
ijtimoiy xavfli qilmishning
tashqi tomoni sifatida ji-
noyatning qanday sodir etilganligini aniqlaydi.