• O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 65 Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Konsti-
    tutsiyasi ning 
    66-moddasi
    123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan 
    bo‘yin tovlash
    Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va 
    moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ular-
    ning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan 
    bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash 
    uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim 
    bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib uch oydan ortiq muddat 
    mobaynida to‘lamasligi, — eng kam oylik ish haqining 
    ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz olt-
    mish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilga-
    cha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi


    65
    Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy
    xatti-harakatlarga jalb qilish
    Bu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan shaxsning 
    normal, axloqiy rivojlanishi, uning sog‘lig‘i hamda ja-
    moat xavfsizligi va tartibi hisoblanadi.
    Voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol 
    qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, 
    lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va 
    moddalarni iste’mol etishga jalb qilish deganda, voya-
    ga yetgan shaxsning voyaga yetmagan shaxsni yuqorida 
    nomi aytilgan ichimliklar, vosita va moddalarni bir ne-
    cha marta iste’mol qilishga o‘rga tish yoki ularni voyaga 
    yetmaganlar uchun bir necha marta olinishi va voyaga 
    yetmagan shaxsni aldash, mehmon qilish, ko‘ndirish 
    kabi yo‘llar bilan shu predmetlarni iste’mol qilishga un-
    dashga qaratilgan harakatlarini tushunish zarur. 
    Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb etish degan-
    da voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jismoniy zo‘rlikni 
    qo‘llash yoki unga ruhiy tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish, pul 
    berib og‘dirish, avrash, aldash, o‘ch olish, hasad, rashk 
    tuyg‘ularini va boshqa salbiy niyatlarini qo‘zg‘atish, ji-
    noyat sodir etishni taklif qilish, o‘g‘irlangan narsalarni 
    Tilamchilik 
    qilish deganda, 
    voyaga yetma-
    gan shaxsni 
    begona shaxs-
    lardan pul, 
    oziq-ovqatlar, 
    kiyim-kechaklar 
    va h.k. tilab, 
    so‘rab olishga 
    jalb qi lishni 
    tushun moq 
    zarur.


    66
    sotib olish yoki sotib berishni va’da qilish, jinoyatni sodir 
    etish joyi va usullari yoki jinoyat izlarini yashirish haqi-
    da maslahatlar berish yo‘li bilan uning bir yoki bir nech-
    ta jinoyatlarning sodir etilishida ishtirok etish niyatini 
    rag‘batlantirishga qaratilgan harakatlar va jinoyatni sodir 
    etishga og‘dirish maqsadida voyaga yetmagan shaxslar 
    bilan spirtli ichimliklar ichilishini tushunish zarur.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish