• O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 67 Savol va topshiriqlar
  • Yusuf Xos Hojib
  • -modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakat-




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakat-
    larga jalb qilish
    Voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilish-
    ga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga 
    ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday 
    harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — 
    eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda 
    jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki 
    yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash 
    yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop modda-
    lar iste’mol etishga jalb qilish — uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson 
    soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni 
    cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan 
    jazolanadi.
    Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu 
    moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
    a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy 
    ravishda muomalaga chiqarish bilan bog‘liq har qanday jinoyatni sodir et-
    gan shaxs tomonidan;
    b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
    v) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv-tarbiya, sport yoki 
    jamoat tadbirlari o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi — besh yildan 
    o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi


    67
    Savol va topshiriqlar
    1. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqat-
    siz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin 
    tovlash tushunchasi va uni sodir etganlik 
    uchun jinoiy javobgarlik masalasiga nimalar 
    kiradi?
    2. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqat-
    siz shaxslarni moddiy ta’minlash jinoyati-
    dan ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin 
    tovlash jinoyatining farqi nimadan iborat?
    3. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xat-
    ti-harakatlarga jalb qilish deganda nimalarni 
    tushundingiz?
    Otang pandlariga sen qilg‘il amal,
    Yurarsan baxtiyor bo‘lib har mahal.
    Onangni, otangni sevintir tamom,
    Bu hikmat yetqurg‘ay tilakka mudom.
    Yusuf Xos Hojib
    Yosh boladan 
    foydalangan 
    holda jinoyat-
    ni sodir etish 
    JK 56-modda 
    «j» bandiga 
    muvofq jazoni 
    og‘irlashtiruvchi 
    holat deb hisob-
    lanadi va jazo 
    tayinlash vaqtida 
    sud tomonidan 
    inobatga olinadi.
    Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni aybdor 
    voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga 
    jalb qilayotganini biladi va shunday bo‘lishini xohlaydi. 
    Ayni paytda aybdor g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb 
    qilinayotgan shaxs 
    ning voyaga yetmaganligini bilgan 
    holdagina uni mazkur modda bo‘yicha jinoiy javobgar-
    likka tortish mumkin ekanligiga e’tibor bermoq kerak.
    Ushbu jinoyatning subyekti 18 yoshga to‘lgan har 
    qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin.



    Download 2,12 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakat-

    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish