70
mazmuni, davlat hokimiyatining mohiyati, boshqaruv
shakli va usullari, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan
munosabat, fuqarolik institutlarining rivojlanish dara-
jasi, xalqning siyosiy-huquqiy ongi va tafakkuri hamda
inson kamoloti kabi qator omillar xizmat qiladi.
Konstitutsiyaviy tuzum mohiyatan Konstitutsiyada
belgilangan normalarning tabiatiga mos kelib, ularning
amalda bo‘lishi konstitutsiyaviy tuzumning barqarorligi-
ni ta’minlaydi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida
konstitutsiyaviy
tuzum himoya qilinadi, ya’ni qonunlar orqali mustah-
kamlab qo‘yilgan jamiyat hayotiga oid barcha ijtimoiy
munosabatlar uzviylikda davom etadi.
Konstitutsiyaviy tuzumning huquqiy kafolati
bo‘lgan konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ular-
da inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifati-
da
mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof
159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzu-
miga tajovuz qilish
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konsti-
tutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib
olishga yoxud
qonuniy ra vishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillari-
ni hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy
yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat
qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadi-
da
tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi...