79
1. Matnni o‘qing va munosabat bildiring.
2. Matnga sarlavha qo‘ying.
3. Siz hikoya ishtirokchilarining o‘rnida bo‘lga-
ningizda qanday yo‘l tutar edingiz?
4. Maktabingizda zaruratsiz yonib
turgan elektr
chirog‘ini yoki oqayotgan ichimlik suvini hech
o‘chirib qo‘yganmisiz?
Samarqandga xizmat safari bilan yo‘lga chiqdik.
Haydovchi mashinani 100-120 km/soat tezlikda hayday
boshladi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan, chamasi 60 yoshlar-
ni qoralab qolgan otaxon: «O‘g‘lim, mashina tezligini
oshirishingiz shart emas, Samarqand hech qayerga ket-
maydi, joyida turaveradi», – dedi. Mashina haydovchi-
si esa otaxonning gapidan norozi bo‘lgandek bir qarab
qo‘ydi-da, tezlikni kamaytirdi.
Yo‘lda tamaddi qilish uchun to‘xtadik. Choyxona-
ga kirishda qo‘limizni yuvdik, lekin qo‘l yuvgichning
jo‘mragi nosozligi tufayli suvni to‘xtata olmadik. Boya-
gi hamrohimiz jo‘mrakni tuzatishga kirishib ketdi. Biz
yengil tamaddi qilishga ulgurdik hamki, otaxon suvning
jo‘mragini tuzatish bilan ovora edi. Hamma mashinaga
borib o‘tirdi, lekin otaxon hamon jo‘mrakni tuzatishdan
bo‘shamasdi. Haydovchining toqati toq bo‘ldi, shekilli,
yukxonadan allaqanday temir-tersaklarni olib, otaxon-
ning oldiga bordi. Biz ham u kishiga yordam berish
uchun beixtiyor mashinadan tushdik.
Nihoyat, qo‘l yuvgichning jo‘mragi tuzaldi. Otaxon
mamnun ohangda: «Ana endi suv isrof bo‘lmaydi», deb
tabassum bilan bizga o‘girildi. Biz yana yo‘lda davom
etdik.
Tabiiy gaz va
elektr energiyasi
muhim
moddiy
texnika resursla-
rining strategik
turlari hisobla-
nadi.
Umumiy
foydala-
nishdagi elektr,
issiqlik, gaz yoki
suv ta’minoti
tarmoqlariga
o‘zboshimcha-
lik bilan, ya’ni
qonunda o‘rnatil-
gan tartib asosida
vakolatli
organ
ruxsatisiz ulanish
ijtimoiy xavfli
hisoblanadi.