75
o‘zganing mulkiga tajovuz qilish qonun doirasida ja-
vobgarlikka tortilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga o‘zgalar mulkini
talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan ji-
noyatlar, iqtisodiyot asoslariga qarshi
jinoyatlar, xo‘jalik
faoliyati sohasidagi jinoyatlar, tadbirkorlik faoliyatiga
to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan
bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik
yurituvchi subyektlar-
ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladi-
gan boshqa jinoyatlar kiradi.
O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish. Talon-ta-
roj qilish – bu birovning mulkini o‘zining yoki boshqa
shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu
mulkning boshqa
egasiga zarar keltirib, qonunga zid va
haq to‘lamay undi rishdir.
Obyektiv tomondan talon-taroj qilish o‘zganing
mul kini qonunga xilof ravishda, tekinga o‘zi yoki bosh-
qa shaxs foy dasi uchun olishda ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi
qonunlari talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar-