• O‘zganing mulki
  • N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Hikmat
    Talon-taroj 
    qilishning 
    yashirinligi 
    deganda, jinoyat 
    mol-mulk egasi 
    yoki mol-mulk 
    ishonib topshiril-
    gan yoxud ixtiyo-
    rida turgan shaxs-
    ga sezdirmasdan 
    yoki mulkdor 
    yoxud mol-mulk-
    ning talon-taroj 
    qilinishidan 
    manfaatdor 
    bo‘lmagan bosh-
    qa shaxslar yo‘q 
    vaqtida sodir 
    etili shi tushuni-
    ladi.


    77
    Obyektiv tomondan tovlamachilik aybdorning 
    mulkdor 
    dan bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda o‘ziga 
    yoki u ko‘rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka 
    bo‘lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berish-
    ni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo‘sindagi ha-
    rakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi.
    Talonchilikning ijtimoiy xavfliligi shundan ibo-
    ratki, bunda jinoyatchi mulkka tajovuz ochiqdan ochiq
    shu bilan birga o‘rnatilgan tartibni, huquqiy va axloqiy 
    qoida larni va jamiyat qadriyatlarini mensimaslik bilan 
    amalga oshi riladi.
    Obyektiv tomondan talonchilik o‘zganing mulkini 
    oshkora talon-taroj qilishda ifodalanadi.
    O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj 
    qi 
    lish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng 
    tarqalgan jinoyatlardan biridir. 
    Obyektiv tomondan o‘g‘rilik o‘zganing mulkini 
    yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalanadi.
    Soxta tadbirkorlikka ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni 
    amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kre-
    ditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish 
    (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat 
    ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik 
    tashkilotlari tuzish kiradi.
    Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan 
    sodir etiladi.
    O‘zganing mulki 
    deganda, ayb-
    dorga qonuniy 
    ravishda tegishli 
    bo‘lmagan mulk 
    tushuniladi.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish