• Ijodiy faoliyat
  • Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki 
    epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
    Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning 
    hayoti va sog‘lig‘idir.
    Obyektiv tomondan jinoyat odamlarning ommaviy 
    kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan:
    Î
    sanitariyaga oid qonun hujjatlarini;
    Î
    epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishda 
    ifodalanadi.
    Ijodiy faoliyat
    Berilgan vaziyatlarni diqqat bilan o‘qing va mavzu bilan bog‘lang. 
    Voqealarning oldini olish uchun nima qilish kerak edi?
    1. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro Sh. A.ning uyi-
    da maishiy gaz ballonidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida 
    yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv. metr maydonidagi tomi, shift qis-
    mi va uy jihozlari yonib zararlangan.
    2. Namangan viloyatining Namangan shahrida haydovchi Sh.Q. bosh-
    qaruvida bo‘lgan GAZ-53 rusumli yuk avtomobilining gaz jihoz lari no-
    sozligi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida haydovchi 
    Sh.Q. va yo‘lovchi B.Q. tan jarohati olib, kasalxonaga joylashtirilgan.
    3. Toshkent viloyatida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli 
    lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.
    4. Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro S.T.ning 
    molxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in 
    sodir bo‘lib, molxonaning 30 kv. metr hamda qo‘shni xonadonning
    90 kv. metr maydonida tom qismlari yonib zararlangan.


    88
    Savol va topshiriqlar
    1. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish 
    qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
    2. Ommaviy kasallanish deganda nimalar nazar-
    da tutiladi? Fikringizni tasdiqlash uchun mi-
    sollar keltiring.
    3. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish jinoya-
    tining subyektiv tomonlarini tushuntiring. 
    4. Mehnatni muhofaza qilish, sanitariyaga oid 
    qonun hujjatlarini, epidemiyaga qarshi ku-
    rash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish ji-
    noyatlari qanday hollarda qasddan sodir etil-
    gan hisoblanadi?
    Ommaviy ka-
    sallanish degan-
    da ma’lum bir 
    hududdagi ko‘p 
    sonli kishilarning 
    ma’lum bir vaqt 
    ichida kasallani-
    shini tushunish 
    zarur.
    Yong‘in xavfsiz-
    ligi qoidalari – 
    yong‘inning 
    oldini olishga 
    qaratilgan talab-
    lar, me’yorlar 
    va standartlarga 
    rioya qilish tar-
    tibini belgilovchi 
    muayyan qoida-
    lar majmuyi.
    Ushbu modda dispozitsiyasi blanketli bo‘lib, har bir 
    holda sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiya-
    ga qarshi kurash qoidalarining qaysi bandi buzilganligi 
    alohida aniqlanishi lozim.
    Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyot-
    sizlik natijasida sodir etiladi.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish