84
harakatni pora berayotgan shaxsning
manfaatlarini
ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi
yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib,
moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rish
tushuniladigan «pora» atamasi bilan belgilaydi.
Har qanday moddiy qimmatliklar: pul, xorijiy va-
lyuta, qimmatbaho buyumlar, qimmatli qog‘ozlar, oziq-
ovqat yoki sanoat mahsulotlari va boshqalar pora pred-
meti bo‘lishi mumkin.
Pora olishning subyektiv tomoni – to‘g‘ri qasd: ayb-
dor (pora oluvchi) moddiy qimmatliklar yoki mulkiy
foyda unga o‘zining xizmat mavqeyidan kelib chiqib
pora beruvchi manfaatida biror-bir harakatni sodir etish
yoki etmaslik uchun pora sifatida berilayotganligini
ang laydi va buni xohlaydi.
Pora berish jinoyatining obyekti va predmeti pora
olish jinoyati tarkibi belgilari bilan bir xil.
Jinoyat ob yektiv tomondan
mansabdor shaxsga be-
vosita yoki vositachi orqali pora berishda ifodalanadi.
Pora berish, mansabdor shaxsning o‘z xizmat
mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki
mumkin bo‘lgan muayyan
harakatni pora bergan shaxs-
ning manfaatini ko‘zlab bajarishi yoki uning mulkiy
manfaatdor etilishida ifodalanadi.
Yolg‘on vositachi, ya’ni
mansabdor shaxsga pora
berish zarurligini ro‘kach qilib, birorta odamdan pora
olgan, biroq aldash yo‘li bilan uni o‘zlashtirgan shaxs
fribgarlik uchun javobgarlikka tortiladi. Pora bergan
shaxsning harakatlari pora berishga
suiqasd sifatida kva-
lifkatsiya qilinadi.
Pora berish orqali harakat yoki harakatsizlikka eri-
shish uchun boshqa shaxsga pora taklif etgan shaxs pora
beruvchi sifatida javobgarlikka tortiladi. Pora evaziga
ma’lum harakatlarni bajarishga
kelishgan shaxs va pora-
Pora o‘nglanib
ket gan
ishlarni
buzadi, bitayot-
gan ishlarni
barbod qiladi.