96
Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa
ham, moliyaviy tizimning turli pog‘onalarida uning nor-
malari turlicha qo‘llaniladi. Xullas, moliya huquqi pred-
metini davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarining mo-
liyasi tashkil etadi. Moliya
huquqi moliyaviy tizimning
boshqa bo‘g‘inlari bilan chambarchas bog‘liq.
Moliya tushunchasi juda keng bo‘lib, o‘z mohiya-
tiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi.
Bunday kategoriyalarga «pul», «foyda», «tannarx» kabi
boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bular kate-
goriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini
belgilovchi turlicha vazifalarini bajaradi.
Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg‘ar-
malarida mablag‘larni yig‘ish va undan foydalanish bi-
lan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar moliya huquqi bilan
tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moliyaviy
qonun hujjatlarining negizini tashkil etadi.
Davlat mo-
liyaviy munosabatlar va faoliyatini huquqiy tartibga
solishning asoslari Konstitutsiyaning XXV «Moliya va
kredit» bobida mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagi
bo‘g‘inlardan tarkib topgan:
a)
davlat byudjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi
respub
lika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti va mahalliy byudjetlar;
b) davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan
tashqari jamg‘armalar;
d) xo‘jalik yurituvchi subyektlar
va iqtisodiyot tar-
moqlari moliyasi;
e) kredit (davlat krediti va bank krediti);
f) mulkni sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta.
Moliya umum-
davlat ehtiyoj-
larini
moliyalash
uchun zarur
bo‘lgan pul
mablag‘lari
jamg‘armalarini
yaratish, taqsim-
lash
va ulardan
foydalanish
bilan bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy
munosa batlar
tizimidir.
Davlat moliyaviy
faoliyati
deganda
markazlashgan
va markazlash-
magan pul
jamg‘armalar-
ni maqsadga
muvofq
va rejali
tashkil etish, uni
taqsimlash va
foydalanishni
tushunamiz.