98 Savol va topshiriqlar 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi
bo‘g‘inlarini tushuntirib bering.
2. Huquq tizimida moliya huquqining tutgan
o‘rni nimada?
3. Moliya huquqi qanday munosabatlarni tartib-
ga soladi?
4. Davlat o‘zining moliyaviy faoliyatini qanday
amalga oshiradi?
5. Sizning hayotingizda davlatning moliyaviy
faoliyati qanday aks etadi?
6. Ta’lim sohasida davlat qanday moliyaviy fao-
liyatni amalga oshiradi?
7. O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy faoliyati
tushunchasi.
8. Pul mablag‘larini to‘plash va uning turlari.
9. Pul mablag‘larini taqsimlash va uning turlari.
«Iqtisodiy bilim
asoslari» fanidan
olgan bilimla-
ringizga taya-
nib, quyidagi
savollarga javob
berishga harakat
qiling.
1. Mam-
lakatimizda
qanday soliqlar
joriy etilgan?
2. Majburiy
to‘lovlar de-
ganda nimani
tushunasiz?
Qanday maj-
buriy to‘lovlarni
bilasiz?
Davlatning moliyaviy faoliyati quyidagi bir necha
prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Î
qonuniylik prinsipi;
Î
demokratik prinsip;
Î
fuqarolarning va mehnat jamoalarining ishtiroki
prinsipi;
Î
milliy siyosat prinsipi.
O‘zbekiston davlatining moliyaviy faoliyati — bu
respublikada ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi
vazifalarni amalga oshirish, davlatning xavfsizligi va
mudofaasini ta’minlash maqsadida pul jamg‘armalarini
rejali tashkil etish, uni taqsimlash va undan maqsadga
muvofq foydalanishdir.
Ijodiy faoliyat
99 Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 19-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz: Î
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va
ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Î
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari.
Î
Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi.