|
Davlat moliyaviy faoliyatiBog'liq Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)97
Davlat moliyaviy faoliyati
Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish jarayo-
nida ma’lum bir faoliyat turini amalga oshiradi. Mo-
liyaviy faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy
munosabatlarni moliya huquqi tartibga soladi.
Mazkur munosabatlarni quyidagi guruhlarga taq-
simlash mumkin:
1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
byudjet sohasidagi faoliyati;
2) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning so-
liq sohasidagi faoliyati;
3) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kre-
dit sohasidagi faoliyati;
4) davlat va mahalliy korxonalarning moliyaviy
faoliyati;
5) majburiy sug‘urta sohasidagi davlat faoliyati;
6) davlat va mahalliy organlarning byudjetdan
tashqari jamg‘armalar sohasidagi faoliyati.
Davlatning moliyaviy faoliyati davlat zimmasida-
gi funksiyalarning bajarilishini ta’min etish yo‘lida pul
mablag‘larini to‘plash, taqsimlash (qayta taqsimlash)
sohasidagi tadbirlardan iborat. Bu faoliyat moliyaviy
mablag‘larni to‘plash va sarfl ash orqali amalga oshiri-
ladi.
Moliyaviy mablag‘larni sarflash uchun moliyalashti-
rish va kreditlashtirish usullari qo‘llaniladi.
Moliyalashtirish asosida asosan byudjet tashkilot-
lariga davlat byudjetidan pul mablag‘lari qaytarib ber-
maslik sharti bilan ajratiladi.
Kreditlashtirish asosida ajratilgan pul mablag‘lari
korxona, tashkilot va fuqarolar tomonidan muayyan vaqt-
gacha qaytarilishi lozim. Pul mablag‘i ma’lum muddatga,
ma’lum summada qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Markazlashgan
fondlar respub-
lika, viloyat-
lar, tumanlar
fondlaridan
iborat bo‘lib,
ulardan faqat
shu hududlar-
ning ehtiyojlari
uchungina foy-
dalaniladi.
Markazlash-
magan fondlar
korxona va
tashkilotlar pul
fondlari bo‘lib,
ular ishlab chiqa-
rish va boshqa
ijtimoiy maqsad-
larga ishlatiladi.
|
| |