N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

Ijodiy faoliyat


101
Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat 
pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydala-
nishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash mu-
nosabati bilan yuzaga keladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o‘z obyektlariga 
ega. Bu obyektlar, eng avvalo, pul va pul majburiyat-
laridir, ammo faqat bu bilan kifoyalanmay, ularga pul 
mab lag‘larining to‘planishi va sarflanishini ta’minlovchi 
tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining 
qonun doirasidagi xatti-harakati ham kiritilishi mumkin.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ikki tomonlama 
munosabat bo‘lib, unda majburiyatlarning bajarilishi-
ni hammadan va har doim talab qilish vakolatiga ega 
bo‘lgan davlat (uning moliya, soliq, kredit muassasala-
ri), ikkinchi tomondan esa moliyaviy-huquqiy normalar 
qaratilgan boshqa shaxslar (davlat va jamoat idoralari, 
yuridik va jismoniy shaxslar) ishtirok etadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar – munosabat 
obyekti, munosabat subyekti, munosabat mazmunini 
tashkil etadi. 
Moliya huquqi normalari talablari moliya 
viy-
huquqiy munosabatlarning ko‘p turliligi orqali ro‘yobga 
chiqib, ushbu munosabatlarning tegishli subyektlarisiz 
yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo‘lishi mumkin 
emas.
Moliya huquqida an’anaviy ravishda moliya 
huquqiy subyektlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi.
Pul munosa-
batlari markaz-
lashtirilgan va 
markazlashti-
rilmagan pul 
mablag‘lari 
jamg‘armalarini 
yaratish va ular-
dan foydalanish 
bilan bog‘liq 
holda yuzaga 
keladi.
Moliyaviy- 
huquqiy muno-
sabatlar davlat 
hokimiyati xusu-
siyatisiz mavjud 
bo‘lishi mumkin 
emas.



Download 2,12 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish