• 2. Jamoa subyektlari
  • 1. Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar —




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    102
    1. Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar — O‘zbekiston 
    Respublikasi va uning ma’muriy hududiy birliklari. Shu 
    o‘rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hi-
    soblanadi. 
    Mazkur birliklar moliya huquqi subyekti sifati-
    da ko‘proq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
    si, «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Mahalliy davlat 
    hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarda mustahkamlangan 
    byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlarni amalga 
    oshirishda namoyon bo‘ladi.
    Shu tariqa aynan shu subyektlarga davlat va mahal-
    liy byudjet huquqi mustahkamlab berilgan.
    Ayrim huquqiy munosabatlarda faqat davlatning 
    o‘zi moliya huquqiy subyekti sifatida qatnashishi 
    mumkin.
    2. Jamoa subyektlari — davlat moliyaviy faoliyati 
    sohasida tegishli yuridik majburiyatlar va huquqlar maj-
    muyini olish qobiliyatiga ega bo‘lgan hamda ular ning 
    amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblangan odam-
    larning tashkiliy va alohida ajratilgan turli xil birikma-
    laridir. Ular qatoriga, odatda, yuridik shaxs maqomiga 
    Aynan qanday 
    munosabatlarda 
    davlat moliya 
    huquqining 
    subyekti bo‘la 
    oladi? Savolga 
    javob berishda 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    Konstitutsiyasi 
    moddalaridan 
    foydalaning.


    103
    ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar (korxonalar, 
    muassasalar) kiradi.
    Davlat organlari moliya huquqi subyektlari jumlasi-
    ga kiradi, chunki ularning ishtirokisiz huquqiy munosa-
    batlar amalda yuzaga kelishi mumkin emas. 
    Demak, davlat organlari moliyaviy-huquqiy muno-
    sabatlarning majburiy qatnashchilari qatoriga kirib, bu 
    moliyaviy faoliyatning davlat-hokimiyat xususiyati va 
    uning huquqiy tartibga solish uslubining o‘ziga xosligi 
    bilan belgilanadi.
    Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng ko‘p sonli 
    guruhini ijroiya hokimiyati davlat organlari tashkil etadi.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish