104
O‘zbekiston Respublikasi davlat
byudjeti va byudjet huquqi
20-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
Byudjet tushunchasi va huquqi.
Î
Davlat byudjeti va uning ijtimoiy-iqtisodiy aha-
miyati.
Byudjet tushunchasi va huquqi
Byudjet huquqini davlat byudjeti mablag‘larini
tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yi-
cha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluv chi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi sifatida
belgilash mumkin.
Davlat byudjet tashkilotlari o‘z
faoliyatlarini amal-
ga oshirishlari uchun kerak bo‘lgan barcha mablag‘larni
byudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladilar.
Byudjet davlat hokimiyati organlari funksiyalarini
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini tashkil etish va
xarajat qilish shaklidir.