105
jet kodeksiga muvofq bo‘lishi kerak. Agar davlatimiz
tomonidan imzolangan xalqaro
shartnomalarda byudjet
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti
va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvar-
dan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jarayonida
byudjetdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan mu-
nosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar alohi-
da guruhga ajratiladi hamda
moliya qonun hujjatlarining
asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan byudjet qonunlarini
tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi quyi-
dagi prinsiplarga asoslanadi:
Î
byudjet tizimining yagonaligi;
Î
byudjet tizimining O‘zbekiston
Respublikasi
ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofqligi;
Î
byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va
o‘zaro bog‘liqligi;