• Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi
  • Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va 
    ularning o‘ziga xos xususiyatlari 
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar huquqiy muno-
    sabatlarning muayyan bir turini tashkil etadi. Shuning 
    uchun har qanday huquqiy munosabatga xos bo‘lgan 
    umumiy narsalar unga ham xosdir.
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ayrim o‘ziga xos 
    xususiyatlarga ham ega bo‘lib, bu xususiyatlar ularni 
    huquqiy munosabatlarning boshqa turlaridan ajratish 
    uchun imkon beradi. 
    Ushbu xususiyatlar ularning yuzaga kelish sohasi 
    (davlat moliyaviy faoliyati), moliyaviy-huquqiy tartibga 
    solishning o‘ziga xosligi (davlat moliyaviy faoliyatini 
    amalga oshiruvchi organ xohish-irodasining imperativli-
    gi va bir tomonlamaligi), huquqiy tartibga solish obyekti 
    kabilar bilan belgilanadi.
    Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari 
    quyidagilardan iboratdir:
    — birinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabat-
    lar faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taq-
    simlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi
    — ikkinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
    ko‘pincha mulkiy munosabatlarning turlaridan hisobla-
    Moliyaviy- 
    huquqiy mu-
    nosabat – bu 
    davlat moliyaviy 
    faoliyatida 
    yuzaga keladi-
    gan, mulkiy 
    xususiyatga ega 
    bo‘lgan moli-
    yaviy-huquqiy 
    norma bilan 
    tartibga solingan 
    ijtimoiy munosa-
    batdir.


    100
    nadi, chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul 
    mablag‘lari qatnashadi; 
    — uchinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
    tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning 
    vakolatli organi qatnashadi. 
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. 
    Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning bir qancha 
    turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, moliya ti-
    zimining tegishli bo‘g‘iniga qarab, byudjet, soliq, davlat 
    kreditini tashkil etish bo‘yicha, sug‘urta, pul muomalasi 
    va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish kabi huquqiy 
    munosabatlar va hokazo.
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va 
    protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qi-
    lingan. 
    Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya 
    huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalar 
    materiallarida mustahkamlangan huquq va majburiyatla-
    rini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
    Moliyaviy- 
    huquqiy muno-
    sabatlar hamma 
    vaqt pul mab-
    lag‘lari sababli 
    yuzaga keladi.
    Moliyaviy- 
    huquqiy muno-
    sabatlarni belgi-
    lovchi xususiyati 
    shundan iboratki
    ular asosan 
    davlat va ijti-
    moiy hayotning 
    maxsus sohasida, 
    ya’ni davlatning 
    aynan moliyaviy 
    faoliyati sohasi-
    da tarkib topadi.
    Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning aso-
    siy obyekti hisoblangan moliyaviy faoliyat to‘g‘ri-
    dan-to‘g‘ri va bevosita davlatning xohish-irodasi va 
    manfaatlarini ifodalaydi.
    1. Davlatning xohish-irodasi va manfaatlarini 
    ifodalaydi, deganda nimani tushundingiz?
    2. «Davlatning xohish-irodasi» iborasini O‘zbe-
    kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
    2-moddasi bilan bog‘lab tushuntiring.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va

    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish