110
Shakllanish va foydalanish tartibiga qarab barcha
davlat daromadlari markazlashtirilgan va markazlashti-
rilmagan daromadlarga bo‘linadi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan
keyin korxonalar olgan foyda va ular ixtiyorida bo‘lgan
boshqa daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etishi
mumkin.
Davlat daromadlari va ular o‘rtasida
yuzaga keladi-
gan munosabatlar qonun hujjatlari me’yorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qo-
nunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko‘ra,
respublika va mahalliy daromadlarga bo‘linadi.
Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga
ko‘ra soliq to‘lovlari va soliqsiz tushumlarga bo‘linadi.
Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib ber-
maslik xususiyatlari xosdir.
Soliqsiz to‘lovlar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi
mumkin. Majburiy soliqsiz to‘lovlar
davlat tomonidan
ma’lum bir yuridik ahamiyatli xizmatlarni ko‘rsatish,
bir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish orqali
undiriladi. Bunday to‘lovlarda ikki tomon ham huquq va
majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Davlat daromadlari to‘plash usuliga ko‘ra majburiy
to‘lovlar va ixtiyoriy to‘lovlarga bo‘linadi.
Davlat va mahalliy organlarning ixtiyoriga ke-
lib tushadigan daromadlarning katta qismini majbu-
riy to‘lovlar tashkil qiladi. Bularga
soliqlar, bojxona va
bosh
qa to‘lovlar, turli xildagi jarimalar va moliyaviy
sanksiyalar kiradi.
Ixtiyoriy to‘lovlar esa lotereya o‘yinlari o‘tkazish-
dan, turli aksiyalardan, yuridik
va jismoniy shaxslarning
xayr-ehsonlaridan, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish-
dan tashkil topadi.