120
Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari
va asosiy tamoyillari
Еkologiya huquqi tabiat
va jamiyat tizimida pay-
do bo‘ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartib-
ga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko‘p tarmoqli
huquq sohalaridan biri bo‘lib, tabiat bilan jamiyat o‘rta-
sidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tar-
tibga solishni o‘rganuvchi fandir.
Ekologik munosabatlar
tizimida tabiiy resurslar, ya’ni
yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyo-
sidan foyda lanish keng va muhim o‘rinni egallaydi.
Tabiiy re
surslardan nooqilona
foydalanish oqibati-
da tabiatda turli ekologik muammolar paydo bo‘ladi va
ekologik inqiroz keskinlashadi. Ekologiya huquqining
tamoyillari tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabat-
Respublikamiz bir qator tabiatni asrash sohasidagi
xalqaro-huquqiy huj-
jatlar, masalan, 1992-yildagi «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi Rio-de-
Janey ro
Konvensiyasi, 1972-yildagi «Dunyoning madaniy va tabiiy mero-
sini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya, 1995-yil 16-iyundagi «Osiyo
va Afrika botqoqliklarida yashovchi va ko‘chib yuruvchi qushlarni himoya
qilish to‘g‘risida»gi shartnoma, 1973-yil 3-martdagi «Yo‘qolish
arafasidagi
yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to‘g‘risida»-
gi Konvensiya, 1976-yil 10-dekabrdagi Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki
boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir Kon-
vensiya, 1992-yil 9-maydagi BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy
konvensiyasi, 1985-yil 22-martdagi «Ozon qatlamini saqlash to‘g‘risida»-
gi Vena Konvensiyasi, «Ozon qatlamini buzuvchi moddalar to‘g‘risida»gi
Monreal protokoli, YXHTning 1991-yil 17-dekabrdagi «Ener getik xartiyasi»,
1994-yil 17-iyundagi «Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki
cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib
borishlarga qarshi kurash to‘g‘risida» Konvensiya va boshqalarga qo‘shilgan.