N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

Kredit 
summasi – 
bu qarzga 
beriladigan 
pul birligining 
hajmi.
Davlat krediti – davlat tomonidan mamlakat ijti-
moiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masala-
lari hamda byudjet tanqisligini qoplash uchun zarur 
bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni yo‘nalti-
rish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning 
bo‘sh turgan pul mablag‘larini qaytarishlik, muddat-
lilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik prinsiplariga asosan 
jalb etish bo‘yicha moliya huquqi bilan tartibga soli-
nadigan munosabatlardir.


116
huquqiy munosabatlarga xos bo‘lgan barcha 
belgilarga egadir. Bu, xususan, ularning obyektiga
davlat yoki u tomonidan vakolat berilgan organning 
ushbu munosabatlar majburiy subyekti sifatida 
mavjud bo‘lishiga, davlat krediti sohasidagi huquqiy 
munosabatlarning davlat-hukmronlik xususiyatiga 
tegishlidir. Moliyaviy huquqiy munosabatlar, ma’lumki, 
mulkiy xususiyatga ega, chunki ular pul mablag‘lari 
sababli yuzaga keladi. Biroq davlat krediti bo‘yicha 
ushbu munosabatlar obyekti har qanday pul mablag‘lari 
emas, balki yuridik va jismoniy shaxslarning faqat 
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari bo‘lishi mumkin. 
Davlat krediti sohasida nafaqat davlat qarz 
majburiyatlari bo‘yicha munosabatlar, balki davlat qarzi 
ishlashiga vositachilik qiluvchi huquqiy munosabatlar 
ham yuzaga keladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Î
Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida kelgusi 
moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi 
manbalaridan qarz olish rejalari to‘g‘risida 
maslahatlashish vaqtida vujudga keladigan 
huquqiy munosabatlar;
Î
O‘zbekiston Respublikasi davlat qarz 
majburiyatlarini chiqarish shartlari, davlat 
zayomlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ularni 
muomalaga chiqarish tartibini belgilash;
Î
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida 
dilerlik funksiyalarini bajarish uchun 
shartnomalar tuzish, shuningdek, davlat 
zayomlari obligatsiyalarini joylashtirish va 
muomalaga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish vaqtida 
Markaziy bank bilan tashkilotlar o‘rtasida 
yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar va h.k.

Download 2,12 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish