N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

126
Savol va topshiriqlar
1. Fan-texnika ta’sirida atrof-muhitning o‘zgarishi 
jarayoni mazmunini tushuntiring.
2. Ekologik inqiroz deganda nimani tushinasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi-
ning 193-196-moddalarini o‘qing va jinoyat 
subyektlarini aniqlang. Jinoyatning subyektiv 
tomoniga baho bering.
Voyaga yetmagan shaxslarning javobgarlik 
doirasini aniqlang. 
1. A., K. va B. ismli shaxslar (barchasi 16 yosh) 
o‘rmonga dam olishga chiqdilar. Ular gulxan yoqishdi va 
unga ko‘plab yangi kesilgan daraxt shoxlarini tashlashdi. 
Tez orada olovni boshqarib bo‘lmay qoldi va shamol 
ta’sirida u o‘rmon sathida tez tarqala boshladi. Buning 
natijasida tabiatga ko‘p miqdorda zarar yetkazildi.
2. Voyaga yetmagan N. ismli shaxs ishlab chiqarish 
korxonasidan chiqarilgan chiqindilarni belgilangan 
o‘raga to‘kmasdan, yaqin yerdagi suv havzasiga to‘kib 
yuborishi qishloqda odamlar orasida yuqumli kasallik 
epidemiyasining tarqalishiga sabab bo‘ldi, shuningdek 
chorva mollarining ham kasallanishiga olib keldi.
3. Kuzgi ta’til kunlarida G. ota-onasi va ukalari 
bilan dala hovliga dam olishga bordi. Kech kuz 
bo‘lganligi uchun hamma yoqni daraxt barglari 
qoplagan. G. ukalari bilan hovlidagi va ko‘chadagi 
barglarni dalaning bir chekkasiga to‘pladi-da, 
yoqib yubordi. Bu holatni ko‘rgan otasi darhol kelib, 
gulxanni o‘chirdi va o‘g‘liga tanbeh berdi. Chuqurroq 
o‘ra qazishni va barglarni ana shu o‘raga ko‘mib 
yuborishni buyurdi. Agar barglar yoqib yuborilsa
qanday huquqiy oqibat kelib chiqishi mumkin edi?


127
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
protses sual huquqning asosiy manbayi. 
Î
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip-
larining protsessual qonunchilikda e’tirof etilishi. 
Aybsizlik prezumpsiyasi. 
Î
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari. 
Î
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protses-
sual va Jinoyat protsessual kodekslari.

Download 2,12 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish