• So‘roq qilish
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi 
     «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari 
    kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
    to‘g‘rida»gi PF-5268-son Farmonidan


    138
    Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
    1) shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli 
    bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsi-
    tuvchi xatti-harakatlar sodir etish;
    2) zo‘rlik, po‘pisa qilish, aldash va qonunga xilof 
    boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuv, tushuntirish, xulosalar 
    olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar 
    yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish;
    3) tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan ertalab 
    soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorla-
    nayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, 
    jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qo-
    chib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida 
    tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash za-
    rurati bo‘lgan hollar bundan mustasno. 
    Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yila-
    digan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq 
    ko‘rsatiladi. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga 
    bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, 
    tilxat olinadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan narsa va hujjatlar 
    qonuniy egasiga darhol qaytariladi. Fuqarolar saqlashi 
    taqiqlangan narsa va hujjatlar yo‘q qilinadi yoki ularni 
    saqlashga vakolati bo‘lgan va ularni tasarruf etadigan 
    muassasalar yoki tashkilotlarga beriladi.
    So‘roq qilish
    Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuv-
    chini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surish-
    tiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq 
    qilinuv chi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda, sud esa sud mu-
    hokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi.
    So‘roqning 
    umumiy davom 
    etish vaqti bir 
    kunda sakkiz 
    soatdan osh-
    masligi lozim. 
    Dam olish va 
    ovqatlanish 
    uchun berila-
    digan bir soat 
    tanaffus bu hi-
    sobga kirmaydi.


    139
    Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldi-
    dan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasi-
    ning ismini, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan 
    joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot 
    turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki 
    sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni 
    jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy huj-
    jatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud 
    so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, ay-
    nan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch 
    hosil qilishi lozim.
    So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi
    u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkinligini ham 
    aniqlashtirishi lozim.
    So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin 
    unga Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan 
    huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va 
    maj 
    buriyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi 
    yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
    So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki 
    xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli 
    bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib 
    qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foy-
    dalanishi mumkin.
    So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zida-
    gi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib eshittirishga rux-
    sat etilishi mumkin.
    Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchi-
    dan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar 
    va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib 
    berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin.
    O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuv-
    chini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi 
    yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili 
    ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsa-
    Voyaga yet-
    magan gumon 
    qilinuvchini, 
    ayblanuvchini 
    so‘roq qilishga 
    ketgan umumiy 
    vaqt kun davo-
    mida, dam olish 
    va ovqatlanish 
    uchun bir soatlik 
    tanaffusni hisob-
    ga olmaganda, 
    olti soatdan osh-
    masligi kerak.


    140
    tilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh 
    yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
    Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuv chi 
    himoyachi ishtirokida so‘roq qilinadi.
    So‘roq qilish chog‘ida surishtiruvchining, ter-
    govchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy 
    vakili ishtirok etishi mumkin.
    Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va 
    ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So‘roq oxirida 
    himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishish 
    va u haqda o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi

    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish