N ismatova, O. Karimova davlat va huquq




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/106
Sana26.01.2024
Hajmi2,12 Mb.
#146253
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

O‘zbekiston
Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 
44-modda


131
Savol va topshiriqlar
Mashinasida shifoxona eshigigacha kelgan Sh. ismli shaxs orqa o‘rin-
diqda o‘tirgan, boshidan qon sizib chiqayotgan, kiyimlari chang, oyoq-qo‘li 
shilingan, o‘zi bemajol 10 yoshlardagi bir qizchani dast ko‘tarib oldi-da, 
yugurganicha qabulxonaga shoshildi. Yoshi qirqlardan oshgan o‘rta bo‘yli 
vrachning: «Nima bo‘ldi?» — deb bergan savoliga: «Bilmayman, ko‘chadan 
shu ahvolda topdim», — deb javob berdi. Vrach qizchani ko‘zdan kechirib, 
hamshiraga uni zudlik bilan rentgen xonasiga olib borishni buyurdi. 
O‘zi esa Sh. ismli shaxsdan voqea tafsilotini so‘rab, navbatchilik dafta-
riga qayd etib borarkan: «Hammangiz shunaqa deysiz. Qilg‘ilikni qilgandan 
keyin javobini ham berish kerak-da, uka! — deb qo‘ydi. — Biz ichki ishlar 
organlariga xabar beramiz. Mana bu yerga imzo qo‘ying. Mashinangiz va 
telefoningiz raqamini yozishni unutmang. Hech qayerga ketib qolmang, men 
qizchadan xabar olaman». 
Vrach qizchaning oldidan qaytganida Sh. ismli shaxs allaqachon ketib 
ulgurgan edi. «Bu bola g‘irt jinoyatchi ekan-ku, qochib ketdi», — degan fikr 
o‘tdi vrachning ko‘nglidan. Shu payt eshikdan ichki ishlar xodimlari kirib 
kelishdi. Ular bir odam mashina urib ketgan qizchani bu yerga olib kel-
ganligi haqida xabar berganini aytishdi. Voqea joyidagi video yozuvidan 
aniqlanishicha, «Lasetti» rusumli oq mashina qizchani urib, voqea joyidan 
yashiringan. Orqasidan kelayotgan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi esa 
qizchani kasalxonaga olib kelgan. Ichki ishlar xodimlari oq «Lasetti» egasi-
ni topishganini ham aytib o‘tishdi. Vrach begunoh yigitni asossiz ayblagani 
uchun tilini tishlab qoldi.
1. Voqea ishtirokchilariga o‘z munosabatingizni bildiring.
2. Sh. ismli shaxsni jinoyatchi deyish mumkinmi?
3. Oq rangli «Lasetti» haydovchisini-chi?
4. Vrach to‘g‘ri ish qildimi? 
5. Bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi buzilganmi? Fikringizni asoslang.



Download 2,12 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish