129
uchunchi qismiga muvofq jinoyat sodir etishda aybla-
nayotgan shaxsning sud ishi asossiz kechiktirilishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining
bu huquqi ado-
latning asosiy kafolatlaridan birini o‘zida ifodalay-
di. Sud tomonidan jinoyat ishining qo‘shimcha tergov
o‘tkazish uchun qaytarilishi esa ushbu kafolatga ziddir
.
Aybsizlik prezumpsiyasi
Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra aybdorning ji-
noyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha u aybsiz
deb hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki
sudlanuvchi uning jinoyatda aybdorligi qonunda
nazar-
da tutilgan tartibda isbotlangunga va sud hukmi bilan
qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsizdir. U o‘zining
aybsizligini isbotlashi shart emas. Aybdor
likka oid
barcha shubhalar, basharti
ularni bartaraf etish imko-
niyati bo‘lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuv
chi yoki
sudlanuv
chining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun
qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham ayb-
lanuvchining, sudlanuv chining foydasiga hal qilinadi.
1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan
har bir inson himoya uchun
barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yo‘li bilan uning
aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2. Hech kim, sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro
huquqlarga ko‘ra jinoyat deb topilmagan xatti-harakati yoki
faoliyatsizligi uchun jazoga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek,
jinoyat sodir etilgan vaqtda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan
jazoga nisbatan
og‘irroq jazo berilishi mumkin emas.