Ekologik ji-
noyatlar – atrof
tabiiy muhitga
ijtimoiy xavfli
zarar yetkaza-
digan ijtimoiy
xavfli qilmishlar
yig‘indisi.
124
Î
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgi-
langan to‘lovni, shuningdek atrof muhitni iflos-
lantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning
boshqa turlari uchun kompensatsiya to‘lovlari
to‘lashdan bosh tortganlikda;
Î
tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish re-
jalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa
tadbirlarni bajarmaslikda;
Î
atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan
zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy
resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini
ko‘rmaganlikda;
12-modda. Insonning yashash uchun qulay
atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu
muhitni saqlab qolish borasidagi burchi
O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi
va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy
muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning
zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi
aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat
tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning
ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan
ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni
talab qilish va olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga
ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya
talablariga rioya etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni
O‘tgan asr-
ning o‘rtala-
rida atmosfera
tarkibida CO
2
ning miqdori
0,02% bo‘lsa,
hozirgi vaqtda
bu raqam 0,03%
gacha oshgan.
Tashqi muhitga
chiqariladigan
CO
2
ning 31% ni
AQSh, 18% ni
MDH mamlakat-
lari, 7% ni Xitoy,
5,4% ni Ger-
maniya, 4,7% ni
Yaponiya, 3% ni
Fransiya chiqa-
rib tashlamoqda.
Qolgan 31% esa
boshqa mam-
lakatlarning
hisobiga to‘g‘ri
keladi.
125
Î
tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati-
ni amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatma-
larini bajarmaganlikda;
Î
tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini
buzganlikda;
Î
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish
qoidalarini buzganlikda;
Î
chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini,
shuning dek radioaktiv va zararli kimyoviy mod-
dalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ular-
ni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida ta-
biatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda;
Î
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi
davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor
shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxs-
lar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilot-
lariga esa o‘z huquq va vazifalarini ro‘yobga
chiqarishlariga to‘sqinlik qilganlikda;
Î
atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslari-
dan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri
axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor
bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining
qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy
va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar.
|