• Isbot qilish
  • Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
  • Jinoyat protsessual qonunchilikda




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/106
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #146253
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
    Bog'liq
    Davlat va huquq asoslari. 11-sinf (2018, N.Ismatova, O.Karimova)

    136
    Jinoyat protsessual qonunchilikda 
    aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar
    28-§
    Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
    Î
    Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar. 
    Dalillar va ularning turlari. 
    Î
    Isbot qilishning umumiy shartlari. 
    Î
    So‘roq qilish va uning tartibi. 
    Î
    Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilish tartibi, 
    aybni e’lon qilish shartlari.
    Isbot qilish 
    ishni qonuniy, 
    asoslangan va 
    adolatli hal qilish 
    uchun ahamiyat-
    ga ega bo‘lgan 
    holatlar to‘g‘risi-
    dagi haqiqatni 
    aniqlash maq-
    sadida dalillarni 
    to‘plash, tek-
    shirish va baho-
    lashdan iboratdir.
    Ma’lumotlar 
    va narsalar 
    tergov harakati 
    bayonnomasi 
    yoki sud majlisi 
    bayonnomasida 
    qayd etilganidan 
    keyingina ular-
    dan dalil sifati-
    da foydalanish 
    mumkin.
    Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
    Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz berganmi yoki 
    yo‘qligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning ayb-
    li-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun aha-
    miyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, 
    tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda 
    aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lu-
    motlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
    Bu ma’lumotlar guvoh, jabrlanuvchi, gumon 
    qilinuv chi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, 
    ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, 
    videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat ma-
    teriallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari 
    va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
    Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda 
    o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Ji-
    noyat protsessual kodeks normalariga muvofq tekshiril-
    ganidan va baholanganidan so‘ng jinoyat ishi bo‘yicha 
    dalillar deb e’tirof etilishi mumkin.


    137
    ...Protsessual qonunchilikni jiddiy buzgan holda yoki noqonuniy 
    uslublar bilan, shu jumladan:
    jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga 
    nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa 
    shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala 
    turlarini qo‘llagan holda;
    gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyaga 
    bo‘lgan huquqini, shuningdek, tarjimon xizmatidan foydalanish 
    huquqini buzgan holda;
    jinoyat protsessida ishtirok etayotgan shaxsga huquq va 
    majburiyatlarini tushuntirmaslik oqibatida uni chalg‘itgan holda;
    mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni amalga oshirish 
    huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni 
    o‘tkazish oqibatida;
    noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish 
    jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan;
    dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, 
    ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmuyi bilan o‘z 
    tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan;
    mavjud dalillar majmuyi bilan tasdiqlangan hollardan tashqari, 
    jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining 
    taxmin, faraz yoki mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatuvlaridan olingan 
    hamda tegishli ravishda yuridik kuchga ega bo‘lmagan ma’lumotlardan 
    jinoyat ishlari bo‘yicha dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasin.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




    Download 2,12 Mb.
    Pdf ko'rish