133
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vo-
gar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon,
xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchi,
ayb lanuvchi, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabr-
lanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning
vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki
ilgari ishtirok et-
gan bo‘lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror
mansabdor shaxsning yoki Jinoyat protsessual kodeks-
ning 76-moddasi birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatil-
gan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘di-
radigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar
tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor
shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisi-
ning kotibi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, o‘sha ishni kel-
gusida ko‘rishda qatnasha olmaydi. Birinchi instansiya,
apellatsiya yoki kassatsiya
instansiyasi sudida yoxud
nazorat tartibida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya
uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor
qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta ol-
maydi.
O‘ylab ko‘ring-
chi, jinoyat
protsessining
bosqichlari
bir-biridan keyin
qat’iy ketma-ket-
lik bilan amalga
oshirilsa, qanday
oqibatlarga olib
kelishi mumkin?
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organning
mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi-
ning 76, 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi
rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror
tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik
haqida qaror chiqariladi.
134
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rish-
da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya
yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida
ko‘rish da ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rish-
da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi ins-
tansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazo-
rat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish-
da ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi ins-
tansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazo-
rat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok et-
gan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellat-
siya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda
ishti-
rok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud
majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajari-
shi, basharti, ushbu ish qo‘shimcha tergov yuritish yoki
sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilgan bo‘lsa, ular
tomonidan tegishlicha surishtiruv, dastlabki tergov yuri-
tishga, shuningdek sud majlisi bayonnomasini tuzishga
monelik qilmaydi.
Xijolat va
tortinchoqlik
qayg‘u va yo-
monlik tufayli
tinchlikning
buzilishidir.
Bundan
inson
o‘zining o‘tmi-
shi, hozirgi pay-
ti va kelajakdagi
mavqeyi qanday
bo‘lishidan qat’i
nazar, o‘zini
o‘zi koyiydi.