128
noyat ishlarining tez va to‘g‘ri tekshirilishi, asosli, qo-
nuniy va odilona hal qilinishini kafolatlaydi.
Protsessual huquq yuridik shaxslarning manfaatlari-
ni himoyalashga ham xizmat qiladi. Jinoyat
ishida gu-
mon qilinuvchi shaxs va ayblanuvchining tegishli eng
muhim protsessual huquqi himoyalanish va himoya-
chining yordamidan foydalanishdan iborat.
Umumqabul qilingan xalqaro huquq prinsiplarining
protsessual qonun hujjatlarida e’tirof etilishi
Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’min-
lovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-de-
kabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi.
Mazkur Pakt 5 qism, 53 moddani o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqa-
ro Pakt birinchi navbatda barcha fuqarolarning siyosiy
huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda
ishtirokini ta’minlab beradi.
Mazkur Paktning 14-moddasi uchinchi qismi hamda
Inson huquqlari va asosiy
erkinliklarini himoya qi-
lish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasining 6-moddasi
Jinoyat sodir
etganlikda aybla-
nayotgan har bir
shaxsning ishi
sudda
qonuniy
tartibda, oshkora
ko‘rib chiqilib,
uning aybi
aniqlanmaguncha
u aybdor hisob-
lanmaydi.
Sudda
ayblanayotgan
shaxsga o‘zini
himoya qilish
uchun barcha
sharoitlar ta’min-
lab beriladi...