115
Davlat kreditining huquqiy
asoslari
22-§
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Î
Davlat krediti tushunchasi.
Î
Davlat qarzi.
Davlat krediti
Qo‘shimcha pul mablag‘larini yaratish maqsadida
davlat ularni jalb etishning ixtiyoriy usullarini qo‘llashi
mumkin. Shu asosda moliyaviy munosabatlarning
maxsus tizimi – davlat krediti vujudga keladi.
Davlat kreditida kredit munosabatlari subyektlari,
bir tomondan — davlat, ikkinchi tomondan –
yuridik
va jismoniy shaxslar bo‘ladi. Bunda davlat ushbu
munosabatlarda ko‘rsatilgan subyektlarning vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘larini qarzga oluvchi sifatida qatnashadi.
Davlat krediti bo‘yicha yuzaga keladigan
huquqiy munosabatlar har qanday moliyaviy-
Kredit
(lot. creditium
– ssuda) – pul
yoki
tovarlarni,
odatda, foizlar
to‘lab, qaytarish
sharti
bilan
berish bo‘lib,
kreditor bilan
qarz oluvchi
o‘rtasidagi
iqtisodiy
munosabatlarni
ifodalaydi.