119
Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari
majburiyat sifati-
da qayd etiladi. Bu ekologiyaga nisbatan oqilona muno-
sabatda bo‘lish davlat siyosati darajasida qayd etilganidan
dalolat beradi.
Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bo-
bining moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof eti-
lishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega
bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik
va ishlab
chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi,
ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoida-
ning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligi-
mizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boylikla-
ri
xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan,
tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi,
uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga
olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarning
davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillar-
ni mustah kamlaydi.
Yer, yer osti
boyliklari, suv,
o‘simlik va
hayvonot dun-
yosi
hamda
boshqa tabiiy
zaxiralar umum-
milliy boylikdir,
ulardan oqilona
foydalanish
zarur va ular
davlat muhofa-
zasidadir.